AsosiyJamiyat

Bu hafta O`zbekistonda harorat necha darajagacha ko`tariladi? "O`zgidromet" ma`lum qildi

'Bu hafta O`zbekistonda harorat necha darajagacha ko`tariladi? "O`zgidromet" ma`lum qildi'ning rasmi

Ushbu haftada kuchli issiq kutilmaydi. Bu haqda "O`zgidromet" axborotida qayd etildi. 

Ma`lum qilinishicha, ish haftasi davomida O`zbekiston hududi bo`yicha avgust oyi uchun nisbatan qulay ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Quruq va biroz issiq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog`li hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.

Havo harorati kunduz kunlari asosan 31-34° atrofida bo`ladi, bu avgust oyining birinchi yarmi uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlardan biroz pastdir. Faqat haftaning eng oxiriga kelib, harorat 35-38° gacha ko`tarilishi kutilmoqda.

Respublikaning janubida va cho`l zonalarida ayrim kunlarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha chang-to`zonlar bilan kuchayishi kutilmoqda.

Bugun, 8 avgustda Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar