Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda "O`zsuvta`minot" AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma`lum qildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlarga engillik yaratish maqsadida, suv hisoblagichlarini o`rnatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha soliq imtiyozlari beriladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab masofadan ma`lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni o`rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste`molchilarga ichimlik suv ta`minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta`minlanmagan iste`molchilar sifatida hisob-kitob qilinadi.






