U 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat.
Ma`lumotga ko`ra, Qonun vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlandi.
Ta`kidlab o`tilishicha, mazkur hujjat O`zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog`liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.
Bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pog`onalarida o`stirish, rag`batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham beriladi.
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran uch oy o`tgach kuchga kiradi.






