Xabaringiz bor, kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabuli 20 iyulga qadar etib belgilangan edi.
Bitiruvchi yoshlarning kasb-hunar egallashga bo`lgan qiziqishini inobatga olib, ularga bu borada kerakli shart-sharoit yaratish maqsadida hujjatlarni qabul qilish muddati 15 avgustgacha uzaytirildi, deya xabar bermoqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi.
Ma`lumot uchun, hujjatlar kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
Platformaga quyidagilar joylashtiriladi:
- tug`ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma`lumotlari;
- 3x4 hajmli fotosurat.