Joriy yilning 25 iyul kuni Pastdarg`om tumanining “Yangiobod” mahallasida yashovchi M.Jonquvvatova birvarakayiga 3 egizaklarni dunyoga keltirdi. Bu haqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha maslahatchi Mansur Hasanov Darakchi.uzga ma`lum qildi.
Ularning ikki nafari o`g`il va 1 nafari qiz. Egizaklarning tug`ilishi 3 avgust kuni Pastdarg`om tuman 1-son FHDYo bo`limi tomonidan qayd qilinib, tug`ilganlik guvohnomalari topshirildi.
Ma`lum bo`lishicha, Sh.Utaev hamda M.Jonquvvatova 2021 yilda oila qurgan. Ota-ona farzandlariga Muhammadali, Muhammadnur va Soliha deb ism qo`yishgan.
Ta`kidlanishicha egizaklarning biri 1 kilogramm, 40 sm, ikkinchisi 1,2 kilogramm, 40 sm, va uchinchisi 900 gramm, 39 sm. vazn bilan tug`ilgan.
Oila vakillari ayni paytda go`daklarning ahvoli yaxshiligini, ona va bolalarga kecha uyiga ruxsat berilganini ma`lum qilishdi.
Eslatib o`tamiz, Pastdarg`om tuman 1-son FHDYo bo`limi tomonidan 2022 yilning o`tgan 6 oyida 3275 ta tug`ilganlik holati qayd qilingan bo`lib, ularning 1673 tasi o`g`il, 1602 tasi esa qiz.






