AsosiyJamiyat

Endi davlat xizmatchilari o`zining daromadi va mol-mulki to`g`risida deklarasiya topshiradi

'Endi davlat xizmatchilari o`zining daromadi va mol-mulki to`g`risida deklarasiya topshiradi'ning rasmi

“Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–788-son, 08.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik hizmatini o`tash tartibi, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi.

Davlat fuqarolik xizmatini o`tashda mazkur Qonun bilan tartibga solinmagan munosabatlarga Mehnat kodeksi qo`llaniladi.

Davlat xizmatchisi o`z rahbarining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish, korrupsiya haqida xabar berganda davlat himoyasida bo`lish huquqiga ega.

Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug`ullanishi, ularning muassisi bo`lishi, O`zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko`chmas mulk olishi taqiqlanadi.

Davlat xizmachisi daromadlari va mol-mulki to`g`risida deklarasiya berishi kerak.

Prezident tomonidan tasdiqlanadigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining reestri Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan yuritiladi.

 Davlat xizmatiga davlat tilini biladigan, tegishli malaka talablariga javob beradigan O`zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

Davlat xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi va haftasiga 40 soatdan oshmaydigan ish davomiyligi belgilanadi.

Davlat xizmatchilariga haq to`lash quyidagilardan iborat:  

  • ️bazaviy lavozim maoshi;
  • ️ko`p yillik xizmati uchun qo`shimcha to`lov;
  • ️malaka darajasi uchun qo`shimcha to`lov;
  • ️eng muhim samaradorlik ko`rsatkichlarga erishganlik uchun ustama;
  • ️hisobot davri yakunlari bo`yicha rag`batlantiruvchi to`lovlar.

 Davlat xizmatchilariga hayfsan, jarima, ishdan bo`shatish bilan bir qatorda malaka darajasini pasaytirish va lavozimini pasaytirish tarzidagi intizomiy jazolar ham qo`llaniladi.

 Davlat xizmatchilariga 27 kundan kam bo`lmagan yillik asosiy ta`til beriladi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi. 

    Boshqa yangiliklar