Vazirlik farzandining maktabini o`zgartirmoqchi bo`lgan ota-onalarga murojaat qildi

Jamiyat 09.08.2022, 17:27
Vazirlik farzandining maktabini o`zgartirmoqchi bo`lgan ota-onalarga murojaat qildi

Xalq ta`limi vazirligi farzandining maktabini o`zgartirmoqchi bo`lgan ota-onalarga murojaat bilan chiqib, bu ishni tezroq amalga oshirishni so`radi.

Yangi o`quv yili boshlanishiga bir oydan kam muddat qolmoqda. Qayd etilishicha, umumta`lim muassasalaridan yangi o`quv yiliga tayyorgarlik bilan bog`liq kechiktirib bo`lmaydigan zarur tashkiliy choralarni ko`rish talab etiladi.

Xususan, 1-sinf o`quvchilarini "Prezident sovg`asi" va o`quvchilar soniga mos ravishda to`liq darsliklar bilan ta`minlash, yangi qabul qilingan va maktabdan ketgan o`quvchilar hisobini olgan holda sinflarni komplektlash, sinflar sonidan kelib chiqib o`quv reja, dars soatlari taqsimoti (tarifikasiya), o`qituvchilar bilan ta`minlash ishlarini amalga oshirish lozim.

"Shuningdek, agar siz o`tgan (2021/2022) o`quv yilida farzandingiz ta`lim olgan maktabini ma`lum bir sabablarga ko`ra o`zgartirishga qaror qilgan bo`lsangiz, imkon qadar bu ishni tezroq amalga oshirishingizni so`raymiz. Bu bilan xalq ta`limi tizimi mas`ullariga yakuniy hisob-kitobni qilib, zarur holatlarda darsliklarning qayta taqsimotini o`z vaqtida amalga oshirishga yordam bergan bo`lasiz", — deyiladi murojaatda.

Vazirlik o`quv yilini muvaffaqiyatli boshlash va bolaning ta`lim olishida barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun bu juda muhimligini ta`kidlab, ota-onalardan ushbu yo`nalishda e`tiborli bo`lishini so`ragan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1