AsosiyJamiyat

Samarqandda tadbirkor 60 sotix erni 350 ming dollarga sotmoqchi bo`ldi

'Samarqandda tadbirkor 60 sotix erni 350 ming dollarga sotmoqchi bo`ldi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat prokuraturasi IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbirni o`tkazdi.

Samarqandlik tadbirkor T.J Samarqand shahar Qorasuv massividagi “Motrid agrotexservis” agrofirmasi hududidan shahar hokimi qarori asosida ko`p qavatli uy-joy qurish uchun ajratilgan 60 sotix er maydonini qonunlarni buzgan holda 350 ming AQSh dollari evaziga mahalliy fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishini aytadi. Ushbu er maydonida kelgusida savdo do`konlari, maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchalari qurish uchun shahar hokimining qarorini chiqartirib berishni va`da qiladi. T. J. oldindan kelishilgan mablag`ning 50 ming AQSh dollarini fuqarodan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar