AsosiyJamiyat

Yog`ingarchilik tufayli Namangan viloyatida test sinovlari kech boshlandi — DTM

'Yog`ingarchilik tufayli Namangan viloyatida test sinovlari kech boshlandi — DTM'ning rasmi

10 avgust kuni 1-smenada Namangan viloyatidan tashqari barcha hududlarda test sinovi 07:00 da boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Namangan viloyatida tinimsiz yomg`ir yog`ganligi sababli abiturientlar barcha tekshiruvlardan o`tkazilgan holda usti yopiq, yomg`irdan himoyanlangan joylarga joylashtirib turildi.

Yog`ingarchilik tinishi bilan abiturientlar o`z joylariga joylashtirilib, quyidagi vaqtlarda test sinovi boshlandi:

- Barkamol avlod sport majmuasi (1-sektor)da — 08:13 da;

- Dinamo stadioni (2-sektor)da — 08:20 da;

- Navbahor-Umid stadioni (3-sektor)da — 08:00 da.

Barcha hududlardagi test sinovlari boshlangan vaqtdan boshlab to`liq 3 soat davom etadi.

    Boshqa yangiliklar