AsosiyJamiyat

“Qo`ng`irot-Miskin-Qo`ng`irot” yo`nalishida shaharlararo yo`lovchi poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi

'“Qo`ng`irot-Miskin-Qo`ng`irot” yo`nalishida shaharlararo yo`lovchi poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasining Miskin, To`rtko`l, Ellikqal`a tumanlari aholisiga yanada ko`proq temir yo`l xizmatlarini ko`rsatish maqsadida, 2022 yil 10 avgust kunidan boshlab 2 ta vagondan iborat shaharlararo yo`lovchi poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi. “O‘ztemiryuo‘lyo‘lovchi” AJ Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ushbu vagonlar 54/5Z-sonli “Toshkent-Qo`ng`irot-Toshkent”yo`lovchi poezdi harakatlanadigan kunlari 35, 36-umumiy tartib raqam bilan poezd tarkibida harakatlanadi. 

Jumladan, 2022 yilning 10-avgust kunidan boshlab 53-sonli “Qo`ng`irot-Toshkent”yo`lovchi poezdining oxirgi qismiga vagonlar ulanadi va Qo`ng`irot bekatidan Miskin bekatigacha xarakatlanadi va shu kuni Miskin bekatida uziladi.

2022 yilning 11-avgust kunidan boshlab esa 54-sonli “Toshkent-Qo`ng`irot” yo`lovchi poezdining oxirgi qismiga vagonlar ulanib, Miskin bekatidan Qo`ng`irot bekatigacha harakatlanadi. 

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

                              

    Boshqa yangiliklar