AsosiyJamiyat

Kozimdjan Kamilov Oliy sud raisi lavozimidan ketdi

'Kozimdjan Kamilov Oliy sud raisi lavozimidan ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining vakolatlari joriy yil 24 avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining o`rniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritdi.

Ushbu nomzodlar:

- Balkibaeva Janagul Ismaylovna;

- Gafurov Askarjon Boyisovich;

- Davletova Karomatjon Xudaybergenovna;

- Ismaylov Raxat Aminbaevich;

- Raximov Abdumannob Kuzievich;

- Raxmanov Akmal Ergashevich.

Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, o`z vakolatlariga 24 avgust kunidan boshlab kirishadilar.

Bundan tashqari, Prezident o`z taqdimnomasi bilan Konstitusiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kamilov Kozimdjan Fazilovichning nomzodini taklif etdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari o`z taqdimnomasi bilan Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi Islamov Baxtiyor Djaxangirovichning nomzodini O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga ko`rib chiqish uchun Senatga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar