1

Ellikqal`ada mudhish YTH: "Lacetti" haydovchisi YPX xodimi xizmat mashinasi bilan to`qnashib ketdi

Jamiyat 11.08.2022, 20:29
Ellikqal`ada mudhish YTH: "Lacetti" haydovchisi YPX xodimi xizmat mashinasi bilan to`qnashib ketdi

Oqibatda "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Ma`lumotga ko`ra, 10 avgust kuni soat 10:30 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Ellikqal`a tumani hududidan o`tuvchi avtomobil yo`lining 10-kilometrida haydovchi  Z.Yu. "Lacetti" rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan va YPX xodimi, 1981 yilda tug`ilgan N.A.ga biriktirilgan "Nexia-3" rusumli xizmat avtomobili bilan to`qnashgan.

Qayd etilishicha, "Lacetti" rusumli avtomobilni boshqargan shaxs avtotransport boshqarish huquqiga ega bo`lmagan.

Hodisa natijasida, "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi Z.Yu. olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, YPX xodimi N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

"Mazkur YTH yuzasidan Ellikqal`a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1