AsosiyJamiyat

“O`zbekiston temir yo`llari” Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlarga chegirmalarini e`lon qildi

'“O`zbekiston temir yo`llari”   Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlarga chegirmalarini e`lon qildi'ning rasmi

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan 2022 yil 1–4 sentyabr kunlari ichki yo`nalishlarda yo`lovchi poezdlari tarif qismidan kiritilgan chegirmalar joriy etilmoqda.

  •  Nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;  

 

  •  Oliy o`quv yurtlarining talabalari, maktab o`quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta`lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;  

 

  •  Oilaviy bo`lib poezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;  

 

  •  Bir jamoa, guruh bo`lib poezdga chiqsa (yo`riqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15%;  

 

  • "Afrosiyob" tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10%.

 

IZOH: Imtiyozli bo`lgan chiptalarni faqat temiryo`l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Eslatib o`tamiz, "Uzbekistan Airways" Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlarga 50 foiz chegirma e`lon qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar