AsosiyJamiyat

Qo`qonda Vestminster universitetiga o`qishga kiritib qo`yishini va`da qilgan "vallomat" qo`lga tushdi

'Qo`qonda Vestminster universitetiga o`qishga kiritib qo`yishini va`da qilgan "vallomat" qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo`qon shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, o`qishga kiritish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Fuqaro A. A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning qizini 10 200 AQSh dollari evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o`qishga kiritib qo`yishini va`da qilib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Oqoltin tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.O`. boshqa bir fuqaro O`.ni tanishlari yordamida Toshkent moliya institutiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar