AsosiyJamiyat

Toshkentdagi “Qora qamish” kanaliga 70 yoshli ayol oqib ketdi

'Toshkentdagi “Qora qamish” kanaliga 70 yoshli ayol oqib ketdi'ning rasmi

Bu haqda FVV ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, kecha, 12 avgust kuni taxminan soat 10:30 lar atrofida Toshkent shahar Yunusobod tumani hududida tuman FV bo`limi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda Qora qamish ko`chasidan oqib o`tuvchi “Qora qamish” kanalida 70 yoshli ayol suvda yordam so`rab, oqib ketayotganligini ko`rib qoladi. Zudlik bilan qutqaruvchilar suvga tushib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan va fuqaroni suvdan olib chiqqan hamda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan baxsiz hodisani oldini olib qolganlar. 

Fuqaro ehtiyosizlik oqibatida kanalga tushib ketgan.

Hozirda fuqaroning xolati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan.

"Shu o`rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan ariqlar, kanallar, daryolar va boshqa suv xavzalari yaqinida ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`rab qoladi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar