Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 40,1 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1 314 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 901 taga yoki 3,2 barobarga oshgan.
2022 yilning 7 oyida O`zbekiston asosan qo`yidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
- Xitoy – 1155 ta
- BAA – 81 ta
- Germaniya – 29 ta
- Gonkong – 29 ta
- Koreya – 7 ta
- Litva – 7 ta
- Estoniya – 2 ta






