AsosiyJamiyat

Test sinovlarining beshinchi kun natijalari e`lon qilindi

'Test sinovlarining beshinchi kun natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

2022 yil 12 avgust kuni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish uchun o`tkazilgan test sinovi natijalari e`lon qilindi.

12 avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar o`z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo`limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini kiritgan holda.
Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini yuborgan holda:
 @e_dtm_mandatbot

 @e_dtm_mandat1bot

@e_dtm_mandat2bot

 @e_dtm_mandat3bot

 @e_dtm_mandat4bot


Abiturient ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko`rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.


 

    Boshqa yangiliklar