AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Xalq ta`lim bo`limi mudiri maktab direktorini haqorat qildi

'Surxondaryoda Xalq ta`lim bo`limi mudiri maktab direktorini haqorat qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumani Xalq ta`lim bo`limi mudiri A.B. 65-umumta`lim maktabi direktori N.Xudaydatovni haqorat qilganligi bilan bog`liq audioyozuv tarqaldi. 

Viloyat prokuraturasi holat Xalq ta`lim vazirining Nazorat-huquqiy xizmati bilan hamkorlikda o`rganilganligini ma`lum qildi.

O`rganishda, bo`lim mudiri A.B. maktab direktori N.Xudaydatovni uning xizmat vazifalari bilan bog`liq bo`lmagan holda jamiyatdagi mavjud odob-ahloq qoidalariga rioya qilmaganligi uchun turli so`zlar bilan haqorat qilib, uning sha`ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganligi aniqlangan.  

Tuman prokuraturasi tomonidan A.B. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (haqorat) bilan ma`muriy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atilib, ko`rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo`yicha Sariosiyo tuman sudiga yuborilgan. 

Jinoyat ishlari bo`yicha Sariosiyo tuman sudining 12.08.2022 yildagi qaroriga ko`ra, A.B. MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

    Boshqa yangiliklar