AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda tug`ruqqa tayyorlash bo`limida erda yotqizilgan bemorlar bo`yicha rasmiy javob berildi

'Qashqadaryoda tug`ruqqa tayyorlash bo`limida erda yotqizilgan bemorlar bo`yicha rasmiy javob berildi'ning rasmi

 Ijtimoiy tarmoq larda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi tug`ruqqa tayyorlash bo`limidagi sharoitlar talabga javob bermasligi, joy etishmasligi sababli bemorlar erga yotqizilganligi qayd etilgan video murojaat tarqaldi.

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi: 

Ta`kidlanishicha, tug`ruqqa tayyorlash bo`limi 20 o`rinli bo`lib, hozirgi vaqtda Chiroqchi va Ko`kdala tumanlari aholisiga xizmat qiladi.  Shifoxona binosi 2014 yilda kapital rekonstruksiya qilingan. Oxirgi marotaba 2019 yilda homiylar mablag`i orqali joriy ta`mirlangan. 

Videomurojaatda aks etgan erda yotgan odamlar bemorlardan xabar olishga kelgan yaqinlari ekanligi, ular tibbiyot xodimlari ruxsatisiz xonada yotib qolganligi aniqlangan.  Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur bo`limda 16 nafar bemor yotib davolanmoqda, 4 ta  bo`sh o`rin mavjud.

Murojaatda keltirilgan ovqatlanish, kiyinish, muolaja va boshqa xonalardagi jihozlar, eshik va romlar bilan bog`liq muammolar bartaraf etilgan.

Bo`limda mavjud 20 o`rin uchun etarli miqdorda yangi to`shak, yostiq,  ko`rpa va choyshablar mavjud. Belgilangan sanitariya me`yorlariga ko`ra muolaja  xonasida bemor yotqizilmaydi hamda to`shak to`shalmaydi. 

Tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tug`ruqxona bo`limida oxirgi 10 kun ichida qo`shni Ko`kdala tumanidan kelgan 137 nafar bemor yotib, davolangan. Shu sababli tug`ruqxonaga qo`shimcha 20 o`ringa mo`ljallangan krovatlar va yumshoq jihozlar berilgan.

    Boshqa yangiliklar