Kecha, 13 avgust kuni bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish uchun o`tkazilgan test sinovi natijalari e`lon qilindi, deya xabar bermoqda DTM.
Eslatib o`tamiz, abiturientlar natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo`limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.
mandat.dtm.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini kiritgan holda.
Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini yuborgan holda:
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
Abiturient ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko`rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.