AsosiyJamiyat

Ko`kdala hokimligi hokim kubogidagi to`polon yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi

'Ko`kdala hokimligi hokim kubogidagi to`polon yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Ko`kdala tumani hokimligi hokim kubogi paytida sodir bo`lgan to`polon masalasida munosabat bildirib, vaziyatga aniqlik kiritdi.

“Ko`kdala tumanidagi hokim kubogida sodir bo`lgan holat bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea sabab jabrlangan va jarohatlanganlar yo`q. Holat tegishli tashkilotlar nazoratiga olingan bo`lib, tez orada qo`shimcha ma`lumot beriladi”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

Ko`kdala tumani hokimligi axborot xizmatining qo`shimcha qilishicha, Qamashi tumanida tashkil etilgan DXX kubogida ham shunday to`polon yuz bergan.

“Mazkur videotasvir aslida Ko`kdala tumanida emas, avvalroq Qamashi tumanida tashkil etilgan DXX kubogidagi janjal videosi bo`lib, buni Ko`kdala tumanidagi hokim kubogi o`yinlariga aloqasi yo`q. Ijtimoiy tarmoq faollaridan ma`lumot tarqatayotganda aniqlik kiritib, keyin tarqatishlarini so`ragan bo`lar edik”, — deyiladi hokimlik axborot xizmati munosabatida.

 

    Boshqa yangiliklar