Prezident Shavkat Mirziyoev 17–18 avgust kuni Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi. Bu haqda 15 avgust kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokidagi yig`ilishda ma`lum qilindi.
Sherzod Asadov davlat rahbarining joriy haftadagi ish jadvali bo`yicha ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, Shavkat Mirziyoev 17–18 avgust kuni Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi bilan boradi.






