"O`zgidromet" O`zbekiston bo`yicha 15-19 avgust kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun va ertaga O`zbekiston hududi bo`yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo`lishi saqlanib turadi, faqat Farg`ona vodiysi tog`li hududlarida 16 avgustda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi harorat 36-39° gacha isiydi va shu kunlarning o`rtacha iqlimiy qiymatlaridan yuqori bo`ladi.
Hafta o`rtasi chorshanba kunidan respublika hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi, bu esa issiq pasayishiga olib keladi. Ish haftasining oxiriga klib, havo harorati kechalari 16-20° gacha, kunduz kunlari 30-33° gacha pasayadi. Barcha hududlar bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Ushbu davrda yomg`ir yog`ishi kutilmaydi.






