An`anaviy respublika ko`rik-tanloviga xujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
Mustaqilligining o`ttiz bir yilligiga bag`ishlangan "Eng ulug`, eng aziz" an`anaviy respublika ko`rik- tanloviga xujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
"Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida o`tkazilayotgan ushbu tanlovga topshirilgan materiallar quyidagi yo`nalishlarda g`olib va sovrindorlar aniqlanadi:
- bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
- televidenie va radio ijodkorlarining materiallari;
- internet-jurnalistika;
- jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publisistik mavzudagi kitoblar;
- yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
- tasviriy san`at, foto asarlari va dizayn ishlari;
- kino san`ati asarlari.
Eslatib o`tamiz, hujjatlar info@jurnalistlar.uz elektron pochtasi orqali ham qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- muallif va uning professional faoliyati to`g`risida qisqacha ma`lumot;
- muallifning pasport nusxasi;
- muallifning manzili va bog`lanish telefonlari.
2021 yilning 1 avgustidan 2022 yilning 1 avgustigacha bo`lgan davrda e`lon qilingan materiallar – asarlar joriy yilning 22 avgustigacha qabul qilinadi.
Tanlov g`oliblari mustaqillikning o`ttiz bir yillik bayrami arafasida mukofotlanishi va ularning ro`yxati matbuotda e`lon qilinishi kutilmoqda.
Ma`lumot o`rnida, ijodiy ishlar "Eng ulug`, eng aziz" tanloviga deb ko`rsatilgan holda o`z ijodiy yo`nalishlari bo`yicha quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
- O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, 100011. Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 30-uy. Tel.: 90 990 35 80 33 855 10 13 71 244 62 89
- O`zbekiston "Tasviriy oina" uyushmasi, 100011. Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 30-uy. Tel.: 71- 244-11-64.
- O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, 100066, Toshkent shahri, Bunyodkor ko`chasi, Adiblar xiyoboni.tel. 71--231-83-49
- O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, 100115, Toshkent shahri,Chilonzor ko`chasi 1 "A" uy. Tel. 71-277-81-49.






