Jizzaxda “Damas” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasiga ichimlik suvi to`ldirilgan idishlar ortildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu hodisa aks etgan video tarqaldi.
Ayni vaqtda SSV holat bo`yicha munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, tasvirdagi “Damas” avtomashinasi Jizzax viloyati Arnasoy tumanida joylashgan 2-son oilaviy poliklinikaga biriktirilgan tez tibbiy yordam xizmatiga qarashli avtotransport vositasi bo`lib, voqea joriy yil 1 avgust kuni haydovchi J.Sh. navbatchiligida sodir bo`lgan.
U shu kuni oilaviy poliklinikadan uncha uzoq bo`lmagan yashash xonadoniga o`ziga biriktirilgan “Tez yordam” avtomashinasida suv olib borgan. Haydovchi ichimlik suvini poliklinika oldidagi vodoprovod kranidan olayotgan vaqtda binoga o`rnatilgan videokamera tasviriga tushgan.
"Ushbu holat yuzasidan olib borilgan o`rganishlar yakunida o`z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan J.Sh. lavozimidan ozod etilgan",-deyilmoqda xabarda.






