AsosiyJamiyat

“Imom Buxoriy” ordeni ta`sis etildi

'“Imom Buxoriy” ordeni ta`sis etildi'ning rasmi

“Imom Buxoriy” ordenini ta`sis etish to`g`risidagi Qonun (O`RQ–789-son, 15.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Qonunga muvofiq, “Imom Buxoriy” ordeni ikki darajadan iborat bo`ladi:

  • ️“Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni;
  • ️“Imom Buxoriy” ordeni.

 

 “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma`rifati rivojiga ulkan hissa qo`shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti hamda ilmiy merosini o`rganish va xalqaro maydonda keng targ`ib qilishda katta yutuqlarga erishganligi uchun:

 

➖xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;

➖xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;

➖xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari, shuningdek xorijiy arboblar va olimlar;

➖mamlakatimizning atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va etuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilar mukofotlanadi.

 

✅ “Imom Buxoriy” ordeni bilan esa buyuk allomalarimizning ilmiy va diniy merosini tadqiq etish hamda targ`ib qilish, islom dinining umuminsoniy qadriyatlari va asl mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa yoshlarga etkazishdagi xizmatlari uchun:

 

➖ilm-fan, ta`lim-tarbiya, madaniyat, san`at va adabiyot sohasi xodimlari;

➖davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari;

➖diniy ulamolar;

➖olimlar va tadqiqotchilar mukofotlanadi.

 

💰“Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga BHMning 70 baravari (21 mln so`m),  “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga esa BHMning 50 baravari (15 mln so`m) miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.  

 

    Boshqa yangiliklar