Bu ko`rsatkich qabul rejaga nisbatan 92%ni tashkil etadi, deya yozadi, Maktabga onlayn qabul.
Shuningdek elektron qabul jarayonlari o`tkazilayotgan hudududlarda jami 80 ming nafardan ortiq bolalar my.maktab.uz platformasi orqali maktablarga onlayn tarzda qabul qilindi.
20 iyundan 31 iyulga qadar ota-onalar tomonidan biriktirilgan mikrohudud bo`yicha onlayn yuborilgan 55 049 ta arizalar maktablar tomonidan qabul qilindi.
Joriy yil 1 avgustdan boshlab farzandlarini 1-sinfga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ota-onalarga mikrohududdan tashqari bo`sh o`rinlar bo`yicha qo`shimcha ariza topshirish boshlandi.
O`n besh kunda (1-15 avgust kuni) mikrohududdan tashqari bo`sh o`rinlar bo`yicha ota-onalar tomonidan 34 206 ta arizalar qabul qilindi.
Topshirilgan arizalar bo`yicha 31 799 nafar o`quvchilar 1-sinfga qabul qilindi va 2407 nafar ota-onalar onlayn navbat asosida umumta`lim maktablariga borishlari kutilmoqda.
Mikrohududdan tashqari qabul uchun arizalar yuborish joriy yilning 30 avgustiga qadar davom etishini ma`lum qilamiz.
16 avgustdan boshlab Toshkent shahri va viloyat markazlaridan tashqari boshqa hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga mikrohududdan tashqari qabul uchun ariza yuborish jarayoni ishga tushirildi.
Qabul jarayonlari bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.