O`zbekiston Prezidenti 4 avgust kuni sohaga oid o`tkazgan yig`ilishlarida yil yakuniga qadar Salohiyatli kadrlar rezervi uchun hokim yordamchilari va yoshlar etakchilari orasidan 1 ming nafar nomzodni tanlab, takliflar kiritish topshirig`ini bergandi.
Jarayon boshlandi, deya xabar bermoqda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi. O`rta Chirchiq tumani hokimligida tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining 2022 yil yarim yillik natijalari tahlil qilindi.
Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati, mas`ul vakillari, tuman hokimi, tegishli mutasaddilar va hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Uchrashuvda yuqori va past ko`rsatkichlardagi hokim yordamchilari faoliyati tahlil qilindi. Fikrlari tinglandi. TIzimdagi mavjud muammolar va echimlari bo`yicha fikr-mulohazalar almashildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilariga "Salohiyatli kadrlar rezervi" uchun nomzodlarni saralash ishlari olib borilayotganligi ma`lum qilindi.