Bugun, 18-avgust kuni soat 09:40 da Toshkent shahar M.Ulug`bek tumani Qori-Niyoziy ko`chasida joylashgan 8-qavatli uyning 5-qavatida yong`in ro`y berganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:45 da etib borib, yong`in soat 09:56 da qurshab olingan va soat 09:58 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida xonadonning ayvon (balkon) qismini taxminan 18-20 kv.m maydonda ichki, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong`in qo`shni xonadaonlarga o`tib ketishning oldi olingan.
Yong`in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.