AsosiyJinoyat

Urganchda 8 nafar yoshlardan tashkil topgan jinoiy guruh a`zolariga hukm o`qildi

'Urganchda 8 nafar yoshlardan tashkil topgan jinoiy guruh a`zolariga hukm o`qildi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Urganch shahar sudida o`g`rilikni kasb qilgan 2002 yilda Urganch shahrida tug`ilgan, ma`lumoti o`rta, vaqtincha ishsiz, muqaddam bir necha bor sudlangan M.S., 2003 yilda Urganch shahrida tug`ilgan, Urganch davlat universiteti talabasi, muqaddam sudlanmagan B.A., 2003 yilda Xiva tumanida tug`ilgan, o`rta ma`lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan M.A., 2000 yilda Urganch shahrida tug`ilgan, o`rta ma`lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan O.M., 2000 yilda Urganch shahrida tug`ilgan, o`rta ma`lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan R.R., 2001 yilda Urganch shahrida tug`ilgan, o`rta ma`lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan B.H., 1998 yilda Urganch tumanida tug`ilgan, o`rta ma`lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan X.E. hamda 2000 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumanida tug`ilgan, o`rta ma`lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan A.S. ismli fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 Sudda aniqlanishicha 8 nafar ayblanuvchi guruh bo`lib Urganch va Xiva shahrida hamda Gurlan va Urganch tumanlarida tungi paytda ko`chada qoldirilgan avtomobillarni kabob sixi yordamida ochib, mashina salonidan pul, qimmatbaho buyumlar, pasport va hujjatlarni o`g`irlab kelishgan. Seriyali tarzda davom ettirilgan jinoyatlar natijasida 17 nafar fuqaroga moddiy zarar etkazilgan.

Sud jarayonida ayblanuvchilarning aksariyati qilgan jinoiy harakatiga qisman iqror bo`lishdi. Sud, davlat ayblovchisining xulosasi, advokatlarning fikrini, jabrlanuvchi, sudlanuvchi hamda guvohlarning ko`rsatmalarini eshitib, jinoyat ishi hujjatlarini o`rganib chiqib, sudlanuvchilarning aybiga qisman iqrorligi va pushaymonligi, oilaviy ahvoli, yoshligi kabi holatlarni inobatga olib hukum qildi.

 Sud hukmiga ko`ra M.S. JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, unga jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudining 2021 yil 9 iyundagi ajrimiga ko`ra jazoning o`talmagan 2 yil 9 oy 13 kuni JKning 74-moddasi tartibida shu muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, o`talmay qolgan 2 yil 9 oy 13 kun axloq tuzatish ishlari jazosini JKning 60,61-moddalari tartibida qisman qo`shib uzil-kesil 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o`tashlik belgilandi.

B.A. JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 25,169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59,61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan uzil-kesil 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

M.A. JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 25,169-moddasi 3-qismining “a” bandi, 28,25,169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan uzil-kesil 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 O.M. JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan uzil-kesil 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 R.R. JK 169-moddasi 2-qismining “v” bandi, 28,169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan uzil-kesil 2 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar