1

Mirishkor tumani hokimi o`rinbosari va Muborak tuman IIB boshlig`iga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 20.08.2022, 10:02
Mirishkor tumani hokimi o`rinbosari va Muborak tuman IIB boshlig`iga sud hukmi o`qildi

Joriy yil fevralida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash masalalari bo`yicha o`rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo`lga tushgandi. Keyinroq ishga aloqadorligi uchun Muborak tuman IIB boshlig`i X.Bahriev ham qo`lga olingan edi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi tuman sudida Mirishkor tumani hokimi o`rinbosari hamda Muborak tuman IIB boshlig`iga hukm o`qildi, deb xabar berdi “NasafNews”. 

4 avgust kuni o`tkazilgan sudda sudlanuvchi U.Yaxshiev Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig`i lavozimidan Mirishkor tumani hokimi o`rinbosari, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i lavozimiga tayinlangani aytilgan va u muqaddam ichki ishlar organlarida ishlaganida Muborak tuman IIB boshlig`i X.Baxriev bilan jinoiy til biriktirgani ma`lum bo`lgan.

Fuqarolar J.Esanov va O.Abdullaev chorvachilik klasterini tashkil qilish uchun Mirishkor tumani hududidan 1000 gektar er maydoni ajratilishida yordam berishni so`rab, Mirishkor tuman hokimligiga murojaat qilgan.

O`rinbosar Mirishkor tuman hududidan 500 gektar er ajratib berishga yordam berishini aytib, buning evaziga 40 ming dollar miqdorida pul so`ragan. Qolgan 500 gektar er maydonini jinoiy sherigi X.Baxriev orqali Muborak tumani «Muborak» MFY hududida joylashgan jazoni ijro etish koloniyasiga tegishli bo`lgan er maydoni hududidan olib berishini va`da qilib, buning evaziga yana 40 ming dollar, jami 1000 gektar er maydoni olib berishi evaziga 80 ming dollar miqdorida pul mablag`i berishlarini talab qilgani aniqlangan.

Sud hukmiga ko`ra, sobiq hokim o`rinbosari U.Yaxshiev Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining «a» bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 3-qismining «a» bandida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.

Unga nisbatan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida (120 million so`m), 108 million so`m jarima jazosi va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan

Ayblanuvchining sherigi, Muborak tumani IIBning sobiq boshlig`i X.Baxrievga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 213 baravari (63,9 million so`m) miqdorida, 57 million 510 ming so`m jarima jazosi tayinlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1