AsosiyJinoyat

Shayxontohur tumanida fuqaroning uyali aloqa vositalarini xarid qilib, evaziga qalbaki AQSh dollari bergan shaxs ushlandi

'Shayxontohur tumanida fuqaroning uyali aloqa vositalarini xarid qilib, evaziga qalbaki AQSh dollari bergan shaxs ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Yu.Yu. (muqaddam o`g`irlik jinoyati uchun sudlangan) qalbaki valyutalarni o`tkazish maqsadida fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga tegishli 2 dona “Iphone 13 pro max” rusumli uyali aloqa vositasini 2 550 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, evaziga unga jami 51 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar