Ertaga, 22 avgust kuni Sharqiy Xitoy dengizida harbiy mashg`ulotlar o`tkaziladi. Mamlakat dengiz xavfsizligi boshqarmasi buni ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.
O`q otish bilan bog`liq amaliyotlar Chjeszyan provinsiyasi yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 02:00 dan 16:00 gacha amalga oshirilishi aytiladi. Bu vaqt oralig`ida mazkur zonada kemalar harakati vaqtincha to`xtatiladi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 2–3 avgust kunlari AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Xitoy qarshiligiga qaramay, Tayvanga bo`lgandi. Shundan so`ng orol atrofida harbiy mashg`ulotlar boshlangan.






