Surxondaryoda uyida voyaga etmagan qizlarga diniy ta`lim berayotgan erkak qo`lga olindi

Jinoyat 22.08.2022, 08:27
Surxondaryoda uyida voyaga etmagan qizlarga diniy ta`lim berayotgan erkak qo`lga olindi

Surxondaryo viloyati Jo`raqo`rg`on tumanida 18 avgust kuni o`tkazilgan tekshiruvda D.A. ijaradagi uyida hujra asosida voyaga etmagan qizlarga diniy ta`lim berib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, D.A. ta`lim berishda foydalanib kelingan diniy mazmundagi kitoblar xodimlar tomonidan xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan D.A.ga nisbatan MjTKning 241-moddasi (Diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan bayonnoma rasmiylashtirilib Jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1