AsosiyJamiyat

Prezident tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo`nalishda tashabbus bildirdi

'Prezident tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo`nalishda tashabbus bildirdi'ning rasmi

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident tadbirkorlikni soha vakillarini qo`llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo`nalishda tashabbuslarni bildirdi.

Birinchi yo`nalish – korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo`llab-quvvatlash bo`yicha alohida yondashuvni belgilash.

Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo`yicha toifalarga ajratiladi. Bular:

- 1 milliard so`mgacha bo`lgani – mikro biznes;

- 10 milliard so`mgacha bo`lgani – kichik biznes;

- 100 milliard so`mgacha bo`lgani o`rta biznes toifasiga kiradi.

Shundan kelib chiqib 2023 yil 1 yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo`lgan stavkalari o`rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.

Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi.

Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million so`m to`lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar