AsosiyJamiyat

2023 yildan kichikdan o`rta biznesga o`tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig`ining faqat 50 foizini to`laydi

'2023 yildan kichikdan o`rta biznesga o`tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig`ining faqat 50 foizini to`laydi'ning rasmi

Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan muloqoti davom etmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.


Ikkinchi toifa, ya`ni aylanmasi 1 milliard so`mdan oshib, umumiy soliq to`lash tartibiga o`tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig`ini 2 barobar kam to`laydi.

"Ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga engilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi", dedi davlatimiz rahbari.

Prezident tez o`sib borayotgan yuqori salohiyatli o`rta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga etkazish zarurligini ta`kidladi.

Buning uchun, 2023 yil 1 yanvardan:

- kichikdan o`rta biznesga o`tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig`ining faqat 50 foizini to`laydi;

- mulkni sug`urta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi;

- soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;

- davlat xaridlarida 20 foiz kvota o`rnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablag` to`lab beriladi (amalda 15 foiz).
 

    Boshqa yangiliklar