Hukumat qarori (465-son, 22.08.2022 y.) bilan Sportni rivojlantirish vazirligi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Nizomga muvofiq, Sportni rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasiga bo`ysunadi va sport sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi.
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o`yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta`minlash uchun istiqbolli sportchlarni tayyorlash Vazirlikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Shuningdek, Vazirlik O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi, sport federasiyalari va assosiasiyalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga ko`maklashadi.
Vazirlik tarkibiga quyidagi OTMlar kiradi:
- ️O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg`ona filiallari;
- ️“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta`lim muassasasining Samarqand filiali.
Nizom bilan Vazirlikning huquqlari va javobgarligi, maqomi, moliyalashtirish tartibi belgilanmoqda.
️ Eslatib o`tamiz, Vazirlik 2022 yil 18 fevraldagi Prezident farmoni bilan tashkil etilgan.






