“Uzbekistan Airways” 2022 yil 12 sentyabrdan 20 sentyabrgacha rejalashtirilgan NU041/042, NU043/044, Toshkent – Samarqand – Toshkent, NU275\276 Samarqand – Istanbul – Samarqand, NU605\606 Samarqand – Moskva – Samarqand, NU767\768 Samarqand – Olmaota – Samarqand, NU639\640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand, NU9606\9605 Moskva – Samarqand – Moskva yo`nalishlari bo`yicha aviaqatnovlari Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablariga ko`ra bekor qilinganini ma`lum qildi.
"Yo`lovchilar bekor bo`lgan parvozlar aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar" deyiladi xabarda.
23.08.2022 09:35
Samarqanddan Toshkent, Istanbul, Moskva, Olmaota va Sankt-Peterburg yo`nalishlari bo`yicha uchadigan 8 kunlik aviaqatnovlari bekor qilindi






