AsosiyJamiyat

Aholi yashaydigan hududlarning 98 foizi mobil aloqa bilan qamrab olinadi

'Aholi yashaydigan hududlarning 98 foizi mobil aloqa bilan qamrab olinadi'ning rasmi

“2022–2023 yillarda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasini 2022-2023 yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan: 

 2022 yil yakunigacha:
- aholi yashash maskanlarini mobil aloqa tarmog`i bilan qamrab olish darajasi 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo`llarida mobil internet qamrovi 60 foizga etkaziladi;

- 40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish orqali qamrov 80 foizga etkaziladi;

- elektron davlat xizmatlari ko`rsatilishiga xususiy sektorni jalb qilish orqali foydalanuvchilar soni 2 barobarga etkaziladi;

2023 yil yakunigacha:

- raqamli texnologiyalar sohasida yiliga 6,5 ming nafardan ortiq yoshlarning axborot texnologiyalari yo`nalishida ta`lim olishi yo`lga qo`yiladi;

- davlat organlari, shu jumladan mahalliy hokimlik organlarida hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda 214 ta axborot tizimi va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.

2022 yil 1 sentyabrdan respublikaning barcha hududlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo`llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. 

2023 yil 1 yanvardan tegishli davlat organlari (24 ta) rasmiy veb-sayti va portallarini “Yagona darcha” tamoyili asosida o`z ichiga oluvchi O`zbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi ishga tushiriladi.
 

    Boshqa yangiliklar