Samarqandda xalqaro turizm markazi ochiladi. Prezident Shavkat Mirziyoev “Buyuk ipak yo`li” xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo`nab ketdi.
Tashrif doirasida, shuningdek, viloyatdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishiladi.






