"O`zgidromet" O`zbekiston bo`ylab 25 avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Bugun 25 avgust kuni respublika bo‘yicha quruq va nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 29-34° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 30-32° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘larida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo‘ladi.






