AsosiyJamiyat

Xorijdan o`qishni ko`chirish bo`yicha birinchi kun natijalari e`lon qilindi

'Xorijdan o`qishni ko`chirish bo`yicha birinchi kun natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

2022 yil 23 avgust kuni talabalar o`qishini xorijiy davlatlardan O`zbekistondagi davlat oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish bo`yicha o`tkazilgan test sinovi natijalari e`lon qilindi. Bu haqda DTM xabar qildi. 

 23 avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o`z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “O`qishni ko`chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo`limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo`limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O`qishni ko`chirish 2022” bo`limidan):

@e_dtm_mandatbot

@e_dtm_mandat1bot

@e_dtm_mandat2bot

@e_dtm_mandat3bot

 @e_dtm_mandat4bot


Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko`rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markazi taqdim etilgandan so`ng e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar