Farg`onada pul almashtirmoqchi bo`lgan shaxs firibgarga chuv tushdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, fuqaro Ya.A. IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 21 may kuni noma`lum shaxs shahar markazida ishonchiga kirib, 3.500.000 so`m pullarini 100.000 so`mlik kupyuraga almashtirib berishini aytib, almashtirish vaqtida 900.000 so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.N sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.






