"O`zgidromet" markazining ma`lum qilishicha, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 32-34° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo`ladi.






