AsosiyJamiyat

OTMga kirish test sinovlari bo`yicha yakuniy natijalar e`lon qilindi

'OTMga kirish test sinovlari bo`yicha yakuniy  natijalar e`lon qilindi'ning rasmi

2022-2023 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari bo`yicha tanlov natijalari e`lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

  1. my.dtm.uz sayti orqali:

Bunda saytga abiturientning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.

2.mandat.dtm.uz sayti orqali:

Bunda saytning “Bakalavr-2022 (https://mandat.dtm.uz/Home2022/Index)” bo`limiga abiturientning ID raqamini kiritgan holda.

3.SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abiturientning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo`yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4.DTMning quyidagi telegram botlari orqali (abiturientning ID raqamini yuborgan holda):

  • ️ @e_dtm_mandatbot
  • ️ @e_dtm_mandat1bot
  • ️ @e_dtm_mandat2bot
  • ️ @e_dtm_mandat3bot
  • ️ @e_dtm_mandat4bot

 

5.QR-kod orqali:

Abiturient ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko`rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

6.Test natijalari qaydnomasi orqali:

Test natijalari qaydnomasi OTMga taqdim etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar