Davlat ekologiya qo`mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Sho`rsuv shaharchasi hududida joylashgan sanoat korxonalarining ekologiya va atrof-muhitga ta`siri yuzasidan o`rganishlar olib bormoqda. Bu haqida Farg`ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ishchi guruh “Gips Group National” MChJ faoliyati bilan yaqinda tanishganda, ushbu MChJning tegirmon sexining 2 -tashlama manbasidan olingan havo namunalarining tahlil natijalariga ko`ra, tarkibidagi zararli moddalar sement changi miqdori 19,9 marta ruxsat etilgan chegaraviy tashlamadan ortganligi hamda tashlama manbasining chang va gaz ushlash qurilmasi 80% ni tashkil etishi ma`lum bo`ldi.
Shu bois, sex faoliyati sud qarori asosida to`xtatildi.
Ishchi guruh o`rganishlari davom etmoqda.






