AsosiyJamiyat

“O`zbekiston shampani” aksiyalari qayta sotuvga qo`yildi

'“O`zbekiston shampani” aksiyalari qayta sotuvga qo`yildi'ning rasmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "UzAssets" investisiya kompaniyasi"AJning  “O`zbekiston shampani” AJ ustav kapitalidagi 51,48 foiz aksiyalar paketi 2021 yil 9 iyul kuni o`tkazilgan tanlovda eng maqbul bo`lgan taklifni bildirgan talabgorga g`olib bo`lgan.  

Biroq, mazkur tanlov g`olibi tomonidan tegishli oldi-sotdi shartnomasi imzolanmaganligi sabab Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga asosan, dastlabki savdo jarayonlari natijalarini bekor qilish va savdo jarayonlarini qaytadan boshlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilingan.

Yuqoridagilarga ko`ra, UzAssets “O`zbekiston shampani” AJ ustav kapitalidagi  51,48 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish jarayonini davom ettirish rejasini e`lon qildi.

Ma`lumot uchun: “O`zbekiston shampani” AJ Toshkent shahrida joylashgan bo`lib, 1942 yilda ishga tushirilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat turi shampan va boshqa gazlangan sharob ichimliklarini ishlab chiqarish, shuningdek sharob materiallariga ishlov berishdan iborat. 2021 yil yakuniga ko`ra, kompaniyaning sof tushumi 65,6 mlrd so`mni, sof foydasi 2,0 mlrd so`mni hamda sof aktivi 12,0 mlrd so`mni tashkil etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar