Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Romitan tumani Quyi Mirishkor qishlog`idagi xonadonda gaz balloni portlab, yong`in sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarga ko`ra, xonadon vakillaridan biri yarim tunda oshxonaga kirganda, chiroqni yoqqan. Va kutilmaganda falokat yuz bergan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa joriy yilning 27 avgust kuni soat 00:05da Romitan tuman “Attaron” MFY, Qo`yimirishkor qishlog`ida sodir bo`lganini tasdiqladi.
Yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida Romitan tuman FVBga xabar kelib tushgan. Xabar yuzasidan fuqaroga tegishli 1 ta yashash uyining 81 kv.m maydonda tom qismi va uy jixozlari yongan. Yong`in soat 01.40da to`liq bartaraf etilgan.
Birlamchi ma`lumotga ko`ra, fuqarolarning kuyish va halok bo`lish holatlari qayd etilmagan.






