Bu, koronavirusning mazkur turi tana himoya mexanizmlariga oson “chap berish” xususiyatiga ega ekanligini anglatadi. Qolaversa, “omikron”ning avvalgi versiyalariga nisbatan yuqumlilik darajasi 16 foiz yuqori.
Shifokorlar xulosasiga ko`ra, ayni paytga kelib “kentavr” yangi alomatlar bilan namoyon bo`la boshlagan. Ya`ni bu mutasiyani yuqtirganlarda SOVID-19ga xos odatiy belgilar kamdan kam hollarda kuzatilyapti.
Masalan, VA 2.75 bilan kasallanganlar asosan tana, mushaklar hamda bel va bosh og`rig`idan shikoyat qilayotgani avvalroq ma`lum bo`lgandi. Endi bu simptomlar qatoriga ko`z sohasi bilan bog`liq belgilar ham qo`shildi.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, hozir “kentavr” mutasiyasi aniqlangan ba`zi bemorlar yorug` muhitda ko`zlarini ochishga qiynalyapti. Ular ko`z gavharida og`riqlarni his qilmoqda.
Hozir olimlar bu borada tadqiqotlarni davom ettiryapti, deyiladi vairlik xabarida.
30.08.2022 13:28
Koronavirusning “kentavr” variantiga xos yana bir noodatiy belgi ma`lum bo`ldi
