Yangi Chevrolet Tracker 2023 sotuv boshlangan birinchi kunning o`zidayoq rekord natijani qayd etdi. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati xabar qildi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 30 avgust kuni Chevrolet Tracker avtomobilini sotib olish uchun shartnoma tuzish boshlangandi. Avtosalonlarda bir soat ichida 1.5 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnoma tuzildi.
Shunday qilib, sotuv boshlangan birinchi kunning o`zida jami 7 471 dona avtomobil uchun shartnoma tuzildi.
Ma`lumot uchun:
Chevrolet Tracker:
- Boshlang`ich komplektasiya*: 179 000 000 so`m;
- LS komplektasiya: 209 000 000 so`m;
- LTZ komplektasiya: 229 000 000 so`m;
- Premier komplektasiya: 249 000 000 so`m.
* Boshlang`ich komplektasiyadagi avtomobilni sotib olish istagini bildirgan xaridorlar vakolatli dilerlik markazlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga ariza qoldirishlari lozim. Etarli miqdordagi arizalar to`plangandan so`ng, kompaniya ushbu avtomobil ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda o`rganib chiqadi.






